Toshkentda yo‘l harakatini samarali tashkil etish maqsadida zamonaviy texnologiyalar bosqichma-bosqich joriy etilmoqda.
Rejaga ko‘ra, 2030 yilga qadar yana 700 ta zamonaviy “aqlli” svetofor o‘rnatiladi. Shu orqali shahar chorrahalarining katta qismi intellektual boshqaruv tizimiga o‘tkaziladi.
Aqlli svetofor komplekslarining afzalliklari:
✅ Yagona boshqaruv markaziga ulangan
✅ Masofadan turib boshqarish imkoni bor
✅ Yo‘llardagi tirbandlikni aniqlab, harakatni optimallashtiradi
✅ Transport oqimini tartibga solib, vaqt tejaydi
Bu tizim shaharda harakat xavfsizligini oshirish va tirbandliklarni kamaytirishga xizmat qilishi kutilmoqda. 🚦