Xiaomi kompaniyasi ilk krossoveri suratlarini ko‘rsatdi. Mashina ikki dvigatelli tizimga ega bo‘ladi. Ular birgalikda 691 ot kuchini berishi aytilmoqda.
Hozircha elektrokrossoverning narxi va boshqa xususiyatlari ma’lum emas. Ammo tahlilchilar YU7 eng ko‘p sotiladigan mashinalar qatorida bo‘lishini taxmin qilmoqda.