Bugun 8 sentyabr, 2024 yil, yakshanba

КИР

Portugaliyaning yangi elchisi O‘zbekistonda akkreditasiyadan o‘tdi

Portugaliyaning yangi elchisi O‘zbekistonda akkreditasiyadan o‘tdi

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov bugun Portugaliya elchisi etib tayinlangan Madalena Fisherni qabul qildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA.

"Portugaliyaning O‘zbekistonga yangi tayinlangan Elchisi Madalena Fisher xonimdan ishonch yorliqlarini qabul qilishdan mamnunmiz, – deb yozdi O‘zbekiston TIV rahbari o‘zining telegram kanalida. – Biz ikki tomonlama aloqalarimizni mustahkamlash zarurligini, bugungi holat mavjud salohiyatga mos kelmasligini ta’kidladik. O‘zbekiston-Portugaliya tashqi ishlar vazirliklari bu sa’y-harakatlarning tashabbuskori bo‘ladi. Elchi xonimga mamlakatimizdagi diplomatik faoliyati davomida davlatlarimiz o‘rtasidagi munosabatlarning ulkan salohiyatini ro‘yobga chiqarish va undan samarali foydalanishda muvaffaqiyatlar tilaymiz".

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston va Portugaliya o‘rtasidagi diplomatik munosabatlar 1992 yil 12 avgustda o‘rnatilgan.

Kiritildi: 16:21 16.05.2024. O'qildi: 900 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!