Portugaliya hukumati mamlakatda qonuniy asoslarsiz yashayotgan 18 ming xorijlikni mamlakatdan chiqarib yuborishni rejalashtirmoqda.
Bu haqda Associated Press (AP) agentligi hukumat huzuridagi delegat-vazir Antonio Leytan Amaruga tayanib xabar berdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, mamlakat rasmiylari xorijliklarga 20 kun ichida ixtiyoriy ravishda Portugaliyani tark etish talabi bilan oldindan ko‘rsatmalar yuboradi.
Xabarnomalar keyingi haftadan jo‘natila boshlanadi, birinchi bosqichda ularni 4,5 ming kishi oladi.