Bugun 20 noyabr, 2026 yil, juma

КИР

Portugaliya bosh murabbiyi: "Natijadan juda mamnunman"

Portugaliya bosh murabbiyi: "Natijadan juda mamnunman"

Portugaliya bosh murabbiyi O‘zbekistonga qarshi yirik g‘alaba haqida fikr bildirdi

Portugaliya terma jamoasi bosh murabbiyi Roberto Martines 2026 yilgi jahon chempionati K guruhi 2-turida O‘zbekiston ustidan qozonilgan yirik g‘alaba (5:0) haqida o‘z fikrlarini bildirdi.

Roberto Martinesning ta’kidlashicha, jamoa o‘yin davomida barqarorlik va yetuklikni namoyish etgan.

"Bugun biz kiyinish xonasida qanday reaksiya bo‘lganini ko‘rdik. Turnirda oldinga siljish uchun ba’zida birinchi o‘yindagidek vaziyatlar kerak bo‘ladi. Bugun biz xuddi o‘sha intizom va kayfiyatga ega, lekin yanada yetuklashgan jamoani ko‘rdik, chunki bu endi birinchi o‘yin emas edi. Natijadan juda mamnunman”, — dedi Martines FIFA rasmiy saytiga bergan izohida.

Kiritildi: 09:25 24.06.2026. O'qildi: 1596 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik