Bugun 21 noyabr, 2026 yil, shanba

КИР

Poroshenko Kuchmani ishdan olib tashladi

A A A
Poroshenko Kuchmani ishdan olib tashladi

Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko Donbassdagi vaziyatni hal qilish bo‘yicha muloqot guruhidagi Kiyevning rasmiy vakilini o‘zgartirdi. Bu haqda TASS mamlakat Oliy radasi birinchi vise-spikeri Irina Gerashchenkoga asosan xabar qildi.

Ta’kidlanishicha, mamlakat sobiq prezidenti Leonid Kuchma o‘rniga bu lavozimga sobiq bosh vazir, Xavfsizlik xizmati sobiq rahbari hamda Ukraina sobiq mudofaa vaziri Yevgeniy Martuk tayinlangan.

«U Minsk muzokaralari muammosini juda yaxshi biladi va Ukraina milliy manfaatlarini qat’iy himoya qiladi», - deya qayd etib o‘tdi Gerashchenko.

Ta’kidlanishicha, bundan oldin u Ukrainaning Muloqot guruhi xavfsizligi bo‘yicha kichik guruhida vakili bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Poroshenkoning vakili Putin Ukrainada beqarorlikni yuzaga keltirmoqchi ekanini aytgandi.

Manba: kun. uz

Kiritildi: 18:04 22.11.2018. O'qildi: 1394 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik