Bugun 28 noyabr, 2026 yil, shanba

КИР

Polshaning Mig-29 qiruvchi samolyoti halokatga uchradi

A A A
Polshaning Mig-29 qiruvchi samolyoti halokatga uchradi

Polshaning Mig-29 qiruvchi samolyoti tungi parvoz vaqtida halokatga uchradi. Bu haqda Polsha milliy mudofaa vazirligi ma’lumotiga tayanib, Eurointegration xabar berdi.

Aviasiyaning 22-taktik bazasidan uchgan samolyot 6 iyul, juma kuni mamlakat shimoli-sharqidagi Paslek Varminsko-Mazurskiy aholi punkti yaqinida halokatga uchragan.

Uchuvchi Malbork shahri atrofidagi Sakuv aholi punkti yaqinida katapulta yordamida samolyotdan sakragan, biroq tirik qolishga muvaffaq bo‘lmagan. Samolyot uylardan 500 metr uzoqlikka qulab tushgan.

Davlat aviasiyasining aviahalokatlar tergovi komissiyasi voqea sabablarini o‘rganmoqda.

Manba: daryo.uz

Kiritildi: 14:21 06.07.2018. O'qildi: 1460 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik