Bugun 19 fevral, 2026 yil, payshanba

КИР

Polshalik deputat intervyuga mina bilan keldi

Polshalik deputat intervyuga mina bilan keldi

Evropa Parlamentining muxolifatdagi "Huquq va adolat" (Polsha) partiyasidan bo‘lgan deputati Mixal Dvorchik "Wirtualna Polska" internet portaliga bergan intervyusiga Ukrainada ishlab chiqarilgan o‘quv-mashg‘ulot piyodalarga qarshi minasini olib keldi. Bu haqda xorijiy OAVga tayanib xabar berilmoqda.

Siyosatchining so‘zlariga ko‘ra, u bu ishni 20 fevral kuni Polsha piyodalarga qarshi minalardan foydalanish, ishlab chiqarish va saqlashni taqiqlovchi Ottava konvensiyasidan rasman chiqishini eslatish uchun qilgan.

Polsha Ottava konvensiyasidan chiqish niyatini 2025 yilning martida Boltiqbo‘yi mamlakatlari va Finlyandiya bilan birgalikda e’lon qilgan edi. O‘sha yilning iyul oyida esa Polshaning o‘sha paytdagi prezidenti Andjey Duda parlament tomonidan qabul qilingan mamlakatning konvensiyadan chiqishi haqidagi qonunni imzolagan.

"Shu juma kuni Polshaning piyodalarga qarshi minalardan foydalanishni taqiqlovchi Ottava konvensiyasidan chiqishi kuchga kiradi. Polsha Boltiqbo‘yi davlatlari va Finlyandiya kabi ushbu kelishuvdan chiqdi", — dedi Dvorchik.

Kiritildi: 23:45 18.02.2026. O'qildi: 277 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!