Bugun 30 aprel, 2024 yil, seshanba

КИР

Polshada prezident saylovlari bo‘lib o‘tmoqda

Polshada prezident saylovlari bo‘lib o‘tmoqda

Joriy saylovlarda 11 nomzod, jumladan amaldagi prezident Anjey Duda ishtirok etmoqda. U ikkinchi muddatga nomzodini ilgari surgan. 30 mlndan ko‘proq polshalik ovoz berish huquqiga ega bo‘lib, ulardan 387 ming nafari xorijda ovoz beradi.

Koronavirus pandemiyasi sababali saylovlar aralash tamoyil bo‘yicha o‘tmoqda: saylovchilar an’aviy ravishda bevosita saylov uchastkasida yoki karantinda bo‘lganlar va barcha istovchilar tegishli ariza bergandan keyin pochta orqali ovoz berishlari mumkin. 

Saylov uchastkalarida kuchaytirilgan sanitariya choralari ko‘rilgan. Saylov komissiyalarining fuqarolarni qayd qiluvchi a’zolari orasida kamida 1,5 metrlik masofa o‘rnatilgan. Komissiyalarning 270 mingdan ko‘proq xodimi niqob va qo‘lqoplar bilan ta’minlangan, uchastkalarga kirish joyida qo‘llarni dezinfeksiyalash vositalari o‘rnatilgan. 

Uchastkada bo‘lgan barcha og‘iz-burnini niqob yoki ro‘mol bilan berkitishi lozim. Hujjatlarni tekshirish vaqtida niqobni bir-ikki soniyagina yechishga ruxsat beriladi. Saylov komissiyasi saylovchilardan o‘zlari bilan ruchkalar olib kelishni iltimos qilgan. Shuningdek, bir kishiga 4 kvadrat metr bo‘sh joy to‘g‘ri kelishi lozim.  

Davlat saylov komissiyasi saylovlarning yakuniy rasmiy natijalarini 1 iyuldan kech bo‘lmagan muddatda e’lon qilishni rejalashtirilgan. Biroq saylov uchastkalari yopilishi bilanoq ekzitpollar natijalari ma’lum bo‘ladi.

Kiritildi: 15:10 28.06.2020. O'qildi: 1790 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!