Bugun 6 iyul, 2024 yil, shanba

КИР

Polshada poyezd yuk mashinasi bilan to‘qnashib ketdi

Polshada poyezd yuk mashinasi bilan to‘qnashib ketdi

1 iyul kuni ertalab Varshava yaqinida temir yo‘l kesishmasida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi, oqibatda haydovchi halok bo‘ldi.

Avtohalokat Polsha poytaxtining g‘arbiy chekkasidagi Oltajev Keramicheskaya temir yo‘l kesishmasida sodir bo‘ldi.

Lovich shahridan Varshavaga ketayotgan elektropoyezd temir yo‘l kesishmasini kesib o‘tayotganda qurilish materiallari ortilgan tirkamali yuk mashinasini urib yubordi.

Tirkamadagi qurilish materiallari yo‘lda sochilib ketdi, mazkur yo‘l bo‘ylab harakatlanish to‘xtatildi. Voqea sabablari hozircha noma’lum.

To‘qnashuv oqibatida haydovchi og‘ir tan jarohati olib, shifoxonada vafot etdi. Jarohat olgan yo‘lovchi esa shifoxonaga yotqizildi, deb xabar beradi korrespondent.net.

Kiritildi: 19:41 01.07.2024. O'qildi: 435 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!