Bugun 8 yanvar, 2025 yil, chorshanba

КИР

Polshada fermerlar norozilik namoyishlarini boshladi

Polshada fermerlar norozilik namoyishlarini boshladi

Polshalik fermerlar Yevropa komissiyasining Varshavadagi vakolatxonasi qarshisida norozilik aksiyasini o‘tkazmoqda.

Qayd etilishicha, 3 yanvar kuni Yevrokomissiyaning Varshavadagi vakolatxonasi qarshisida agrar sektorning bir necha ming vakili to‘plangan. Namoyishlar Polsha 2025 yil o‘rtalariga qadar Yevropa Ittifoqi raisligini zimmasiga olgan vaqtga to‘g‘ri keldi.

Polshalik fermerlar Ukrainadan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari importi, Yevropa ekologik normalari, mamlakatda iqtisodiy ko‘rsatichlar qulashiga qarshi namoyishlar boshlagan.

Mamlakatimizda mavjud barcha qishloq xo‘jaligi tashkilotlari Yevropa Ittifoqining zararli siyosatiga, bizning fermalarimizni yopilishga majbur qiladigan ushbu siyosatni boshlagan Ursula fon der Lyayenga qarshi o‘tkazmoqda, — deydi «Birdamlik» kasaba uyushmalari rahbari Tomash Okanskiy.

Fermerlar namoyishiga, shuningdek, ovchilik jamiyati vakillari ham qo‘shilgan, ular o‘rmonlardan foydalanish va ov qilish borasidagi YEI hamda hukumat siyosatidan norozi.

Aksiya Varshava markazidagi Yasnaya ko‘chasida boshlangan va u markaziy ko‘chalar bo‘ylab davom etadi. Polsha poytaxti polisiya komendaturasi fermerlarning yurishi sabab qator ko‘chalarda harakat to‘xtatilganini ma’lum qildi.

Kiritildi: 16:12 04.01.2025. O'qildi: 1049 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!