Bugun 17 may, 2024 yil, juma

КИР

Polshada Aleksey Navalniyning safdoshi Leonid Volkovga uyushtirilgan hujumga aloqadorlikda gumon qilingan ikki kishi qo‘lga olindi

Polshada Aleksey Navalniyning safdoshi Leonid Volkovga uyushtirilgan hujumga aloqadorlikda gumon qilingan ikki kishi qo‘lga olindi

Bu haqda Litva prezidenti Gitanas Nauseda matbuot anjumanida ma’lum qildi. Prezidentning so‘zlariga ko‘ra, gumonlanuvchilarni qo‘lga olish operasiyasi Polsha va Litva huquq-tartibot idoralari xodimlari tomonidan hamkorlikda amalga oshirilgan.

12 mart kuni kechqurun noma’lum shaxslar Volkovning Vilnyusdagi uyi yonida bolg‘a bilan hujum qilishgan edi. Hujumchilar Volkovning mashinasi oynalarini sindirib, unga ko‘zdan yosh oqizuvchi gaz sepgan, shundan so‘ng Leonidni bolg‘a bilan kaltaklagan.

Kiritildi: 13:58 19.04.2024. O'qildi: 556 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!