Bugun 30 aprel, 2024 yil, seshanba

КИР

Polsha O‘zbekistonga chegara xizmatini modernizasiya qilish uchun qancha yevro ajratishi aytdi

Polsha O‘zbekistonga chegara xizmatini modernizasiya qilish uchun qancha yevro ajratishi aytdi

Ma’lum qilinishicha, O‘zbekistonning Varshavadagi elchixonasi Yevropa chegara va qirg‘oq qo‘riqlash agentligi hamda Polsha chegara xizmati bosh komendanti bilan hamkorlikda migrasiya sohasidagi tegishli vazirlik, idoralar vakillaridan iborat O‘zbekiston delegasiyasining tashrifini tashkil etgan.

Tashrif davomida delegasiya batafsil o‘rganish maqsadida chegara xizmati xodimlarini ishga olish, o‘qitish usullari, migrasiya oqimini samarali boshqarish bo‘yicha axborot tizimidan foydalanish bilan tanishgan.

Qayd etilishicha, O‘zbekistonlik mutaxassislar Polsha chegara xizmatining loyiha guruhini (dasturchilarni) boshqarish, mustaqil ravishda dasturiy ta’minot yaratish, amaliy tizim, chegara nazorati jarayonida biometrikadan foydalanish va boshqalar bo‘yicha tajribasini o‘rgangan.

Bundan tashqari, chegara qo‘shinlarining texnik infratuzilmasini modernizasiya qilish jarayonida chet el mablag‘idan foydalanish bo‘yicha Polsha tajribasi o‘rganilgan. «Polsha tomoni 2022 yilda ham o‘quv seminari davom etishini, buning uchun Polshadan O‘zbekistonga texnik yordam sifatida qariyb 170 ming yevro ajratilishini ta’kidladi», deyiladi xabarda.

Kiritildi: 13:53 29.11.2021. O'qildi: 1789 marta. Fikrlar soni: 3 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!