Texasning Leykvud shahridagi yevangelist cherkovida bir ayol o‘t ochdi.
Bu haqda okrug polisiyasi boshlig‘i Troy Finner ma’lum qildi.
“Yakshanba kuni tushdan keyin binoga 30-35 yoshli ayol kirib kelgan, u miltiq bilan qurollangan va yonida 4-5 yoshli bola bo‘lgan”, — deyiladi xabarda.
Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, ayol huquq-tartibot idoralari xodimlari tomonidan o‘ldirilgan.
"Afsuski, besh yoshli bola o‘q yegan va kasalxonada og‘ir ahvolda", - deya qo‘shimcha qildi Finner.