Bugun 2 may, 2024 yil, payshanba

КИР

Pol Pogba Milliy terma jamoa libosini kiymasligini aytdi. Sababi Makron...

Pol Pogba Milliy terma jamoa libosini kiymasligini aytdi. Sababi Makron...

Angliya Premyer-ligasi jamoalaridan biri “Manchester Yunayted” futbolchisi Pol Pogba futbol tarixidagi eng g‘ayrioddiy qarorlardan birini qabul qildi. Buyuk Britaniya matbuotidagi xabarlarga ko‘ra, futbol yulduzi bundan buyon Fransiya milliy jamoasida o‘ynamaydi. Bu qarorga sabab sifatida Fransiya Prezidenti Makronning Islomga oid shov-shuvli bayonotlari ko‘rsatilmoqda.

Emmanuel Makronning terrorizmni Islom bilan bog‘lagan so‘zlaridan keyin Fransiyada yashovchi musulmonlar norozilik bildira boshlashdi. Makron o‘zining shov-shuvli so‘zlarini aytishni to‘xtatmaganidan so‘ng, Fransiya futbol terma jamoasining futbolchilaridan biri Pol Pogba keskin qaror qabul qildi.

Angliya matbuotining The Sun gazetasida chop etilgan xabarga ko‘ra, Pogba Makronning Islom haqidagi bayonotlaridan so‘ng terma jamoadagi faoliyatini yakunlagan. Ushbu masala bo‘yicha rasmiy xabar berilmagan bo‘lsada, Pogba navbatdagi milliy terma jamoa o‘yinida fransuz futbolkasini kiymasligi ta’kidlangan.

Yaqin Sharq matbuotidagi xabarlarda, Makronning Fransiyadagi terroristik hodisalarda Islomni ayblashga bo‘lgan munosabatidan so‘ng, Pogba ham o‘z mamlakatidagi musulmonlar nomidan yuqoridagi qarorni qabul qilganligi ta’kidlangan.

Musulmon futbolchi Pogba 2016 yilda “Yuventus” dan “Manchester Yunayted” ga 105 million yevro evaziga o‘tgan edi. Pogba 2018 yilda Fransiya terma jamoasi bilan Jahon chempionatida g‘olib chiqishga muvaffaq bo‘lgan.

Kiritildi: 13:18 26.10.2020. O'qildi: 6169 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!