Pokiston Xalq partiyasi (PPP)ning Beluciston viloyatining Kvetta shahridagi mitingida sodir bo‘lgan portlashda bir kishi halok bo‘ldi, 11 kishi yaralandi.
Bu haqda ARY News telekanali manbalarga tayanib xabar berdi .
Polisiya ma’lumotlariga ko‘ra, namoyishchilarga qarata ikkita qo‘l granatasi otilgan, shuningdek, M203 granatomyotidan ham foydalanilgan. Qayd etilishicha, tadbir Pokiston armiyasining Hindiston bilan bo‘lgan mojarodagi ishtiroki munosabati bilan o‘tkazilgan.
“Kvettada provinsiyasi assambleyasi a’zosi Ali Madad Jattak boshchiligidagi miting bo‘lib o‘tayotgan paytda portlash sodir bo‘ldi, natijada bir kishi halok bo‘ldi, 11 kishi yaralandi”, — deyiladi bayonotda.
Qayd etilishicha, Jattakning o‘zi jabrlanmagan, ammo mashinasi shikastlangan. Jabrlanganlar shifoxonalarga yetkazilgan. Viloyat hukumati Jattakga qilingan hujumni qoralab, portlashni “qo‘rqoqlik harakati” deb atadi.