Bugun 28 iyun, 2024 yil, juma

КИР

Pokistonda olomon Qur’onni tahqirlagan sayyohni yoqib yubordi

Pokistonda olomon Qur’onni tahqirlagan sayyohni yoqib yubordi

Pokistonda olomon Qur’onni yoqib yuborishda gumon qilingan shaxsni polisiyadan qaytarib, uni yoqib yubordi, deya mahalliy polisiyaga tayanib, Pakistan Today xabar berdi.

Xabarga ko‘ra, Panjob viloyatining Sialkot shahridan bo‘lgan erkak Xayber-Paxtunxva viloyatining Svat tumanida hibsga olingan.

Ayblanuvchini Madyan viloyatidagi polisiya bo‘limiga yuborishga qaror qilishgan, bu haqda mahalliy masjidlarga o‘rnatilgan ovoz kuchaytirgichlar orqali xabar qilingach, olomon hududga bostirib kirgan.

G‘azablangan odamlar ayblanuvchini milisiya qo‘lidan tortib olib, ko‘chada sudrab, o‘t qo‘yib, o‘ldirishgan, — deb xabar berdi tuman IIB matbuot xizmati.

To‘qnashuvda jarohatlangan 11 mahalliy aholi kasalxonaga yotqizilgan. Pokiston hukumati Madyanda tartibni tiklash uchun maxsus kuchlarni yuborgan.

Avvalroq Pokistonda 22 yoshli talaba Muhammad payg‘ambar va uning rafiqalarini haqorat qiluvchi fotosuratlar va videolarni yaratgani uchun o‘limga hukm qilingan edi. Sud uning sherigini umrbod qamoq jazosiga mahkum qilgan.

Kiritildi: 21:19 21.06.2024. O'qildi: 2898 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!