Pokistonda chechak M (mpox) bilan kasallangan 6 ta holat qayd etilgan.
Pokiston Sog‘liqni saqlash vazirligi bayonotida aytilishicha, virus Yaqin Sharqdagi mamlakatdan qaytgan Xayber-Paxtunxva viloyatining Dir tumanidan bir kishida aniqlangan.
Qayd etilishicha, Peshovar aeroportida o‘tkazilgan tibbiy ko‘rik natijasi ijobiy chiqqanidan so‘ng, kasallangan shaxs karantinga olingan.
Aniqlik kiritilishicha, Pokistonda qayd etilgan 6 ta holatning barchasi xorijdan kelgan shaxslarda aniqlangan.
M virusi 14 avgust kuni Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) tomonidan «xalqaro sog‘liqni saqlash favqulodda holati» deb e’lon qilindi.