Bugun 27 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

Pokiston o‘z harbiy bazalarini AQShga taqdim etishni qat’iyan rad etdi

Pokiston o‘z harbiy bazalarini AQShga taqdim etishni qat’iyan rad etdi

Pokiston Afg‘onistondagi terroristik guruhlarga qarshi transchegaraviy operasiyalarni o‘tkazish uchun AQSh Markaziy razvedka boshqarmasiga o‘z hududida harbiy bazalar berish imkoniyatini qat’iyan rad etdi. Bu haqda Axios axborot portali xabar bermoqda.

Mamlakat bosh vaziri Imron Xon AQShga terrorizmga qarshi operasiyalarni o‘tkazish uchun bazalar taqdim etish imkoniyati to‘g‘risida savolga javob berar ekan, u Pokiston "har qanday holatda" Markaziy razvedka boshqarmasiga hech qanday bazalarni taqdim etmasligini va o‘z hududidan Afg‘onistonga qarshi hech qanday harakatlarga yo‘l qo‘ymasligini ta’kidladi.

Kiritildi: 21:32 20.06.2021. O'qildi: 2432 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!