Bu haqda O‘zbekistonning Pokistondagi favqulodda va muxtor elchisi Alisher To‘xtayev mahalliy tomonlar bilan uchrashuv davomida kelishuvga erishgani ma’lum qilindi.
Loyiha Pokiston hududida O‘zbekiston nomini o‘zida mujassam etgan yangi madaniy-massiv maydonni vujudga keltirishni maqsad qiladi. Bog‘da ikki mamlakat do‘stligini ifodalovchi me’moriy elementlar, dam olish hududlari va ekoturizmga mo‘ljallangan inshootlar barpo etilishi rejalashtirilmoqda.
Alisher To‘xtayevning ta’kidlashicha, mazkur tashabbus Toshkent va Islomobod o‘rtasidagi do‘stona aloqalarni mustahkamlashga xizmat qiladi hamda Pokiston jamoatchiligi uchun O‘zbekiston madaniyati va tarixini yaqindan tanishtirish imkonini beradi.