Bugun 16 aprel, 2024 yil, seshanba

КИР

Pokiston Makronning Islom diniga bo‘lgan munosabatini qoraladi

Pokiston Makronning Islom diniga bo‘lgan munosabatini qoraladi

Pokiston Tashqi ishlar vaziri "Islomofobiya" kampaniyasini qoralash uchun Fransiyaning Islomoboddagi elchisini chaqirdi, deb xabar bermoqda Reuters Pokiston tashqi ishlar vazirligi rasmiysiga asoslanib. Avvalroq Pokiston Bosh vaziri Imron Xon Fransiya prezidenti Emmanyuel Makronni musulmonlarga nisbatan siyosati uchun qoralagandi.

Pokiston Tashqi ishlar vazirligi vakili "Pokiston so‘z erkinligi niqobi ostida olib borilayotgan muntazam islomofobiya kampaniyasini qoralaydi" deya bayonot berdi.

Ma’lumot uchun, Makron ilgari Islomni dunyo bo‘ylab "inqirozga uchragan" din deb ta’riflagan edi. Uning so‘zlariga ko‘ra, dekabr oyida hukumat Fransiyada cherkov va shtatlarni rasmiy ravishda ajratib turadigan 1905 yilgi qonunni kuchaytirish bo‘yicha qonun loyihasini taqdim etadi. Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an ushbu bayonotdan so‘ng Fransiya rahbariga "ruhiy tekshiruv"dan o‘tishni maslahat berdi. Yevropa Ittifoqi tashqi siyosat xizmati rahbari Xosep Borrel Turkiya prezidentini qoraladi.

Fransiyada Islomning mavqei to‘g‘risidagi ziddiyatlar tarix fani o‘qituvchisi Samyuel Patining o‘ldirilishi fonida yuzaga keldi. 16 oktyabr kuni asli Moskvada tug‘ilgan, chechenistonlik Abdulaxon Anzorov Parijning g‘arbiy qismida joylashgan Konflans-Sen-Xonorin shahrida o‘qituvchining boshini kesdi. Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, u o‘qituvchini shogirdlariga Muhammad payg‘ambar (s. a. v)ning karikaturalarini namoyish qilgani uchun jazolamoqchi bo‘lgan.

Kiritildi: 17:36 26.10.2020. O'qildi: 3051 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!