Bugun 19 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Poyezdlar to‘qnashuvi sodir bo‘ldi

Poyezdlar to‘qnashuvi sodir bo‘ldi

Hindistonning shimolida joylashgan Uttar-Pradesh shtati temir yo‘llarida jiddiy to‘qnashuv sodir bo‘ldi.

Bu hodisa seshanbi kuni kechqurun Gorakxpur tumani temir yo‘lida sodir bo‘lgan. Ikki poyezd to‘qnashishi natijasi 5 kishi vafot etgan 50 kishi esa og‘ir jarohat olgan. Bu haqda Itar-Tass ma’lumotiga tayanib zelv.ru sayti xabar bermoqda. Hozirda jabrlanganlarning shaxshi ma’lum qilingani yo‘q. Lekin qutqaruv xizmati voqea sodir bo‘lgan joyda qutqaruv ishlarini olib bormoqda. Hozircha poyezdlar 7 ta vagondan iborat ekanligi ma’lum qilindi, xolos.

Voqea sababi ma’lum emas. Voqeada jabrlanganlar oilasiga Uttar-Pradesh hokimiyati ijtimoiy yordam ko‘rsatmoqda.

 

Kiritildi: 09:00 12.10.2018. O'qildi: 1513 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!