O‘zbekiston Respublikasi Raqobat qo‘mitasi tashabbusi bilan mahalliy poyezdlar kechikkan hollarda yo‘lovchilarga kompensasiya to‘lash tartibi joriy etilmoqda.
📊 Yangi qoidalarga ko‘ra, agar poyezd tashuvchi aybi bilan kechiksa:
⏱️ 15–30 daqiqa — 15% kompensasiya;
⏱️ 31–60 daqiqa — 25%;
⏱️ 61–120 daqiqa — 50%;
⏱️ 121 daqiqadan ortiq — 100% (to‘liq qaytarish).
Ilgari bu tartib faqat Afrosiyob poyezdlariga nisbatan amal qilgan bo‘lsa, endilikda barcha mahalliy (oddiy va tezyurar) poyezdlarga ham tatbiq etiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi tomonidan tegishli qoidalarning yangi tahriri ishlab chiqilmoqda.
Bu o‘zgarishlar yo‘lovchilar huquqlarini himoya qilish va xizmat sifatini oshirishga qaratilgan.