Bugun 19 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Poyezd yengil avtomobilni urib yubordi. Olti kishi o‘ldi

Poyezd yengil avtomobilni urib yubordi. Olti kishi o‘ldi

Qozog‘istonda yo‘lovchi poyezdining yengil mashina bilan to‘qnashishi oqibatida olti kishi halok bo‘ldi. Yo‘l-transport hodisasi Jambil viloyatidagi temir yo‘l kesishmasida sodir bo‘lgan. Bu haqda viloyat IIB matbuot xizmati xabar berdi.

“Temir yo‘l kesishmasida yo‘lovchi poyezdi Audi rusumli avtomashina bilan to‘qnashib ketdi. Hodisa oqibatida olti kishi halok bo‘ldi”, — deyiladi matbuot xizmati xabarida.

O‘lganlar mashinada bo‘lgan. To‘qnashuv 1 noyabr kuni mahalliy vaqt bilan 8:55 da sodir bo‘lgan. YTH fakti bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Polisiya kerakli ekspertizalarni o‘tkazmoqda.

Kiritildi: 15:36 01.11.2022. O'qildi: 8694 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!