Bugun 21 fevral, 2025 yil, juma

КИР

Pochtachi olimpiya chempionining pullarini o‘g‘irladi

Pochtachi olimpiya chempionining pullarini o‘g‘irladi

Parij-2024 olimpiya o‘yinlarining ikki karra g‘olibi, belgiyalik velopoygachi Remko Evenepul o‘g‘rilikdan jabr ko‘rdi, deb yozdi De Telegraaf. Sportchining kartasidan 9 ming yevro yechib olingan.

Jinoyat Anderlextda sodir etilgan: shahar pochta bo‘limining xodimlaridan biri pochta qutilaridan kredit kartalarini o‘g‘irlagan: banklar o‘z mijozlariga jo‘natgan ichiga karta solinib, PIN-kodlari ko‘rsatilgan xatlarni «supurib ketgan». So‘ngra kartalardagi pullarni naqdlashtirib olgan, jabrlanganlar orasida olimpiya chempioni ham bor.

Mijozlar kartalari yetib kelmaganidan shikoyat qilishni boshlaganidan so‘ng pochtachining qilmishlari fosh bo‘ldi. Polisiya bankomatlardagi kameralar orqali pochtachining shaxsini aniqladi.

Qo‘lga tushgan pochtachi aybini va pullarni qimorga tikib yuborganini tan oldi. Sud davom etmoqda, pochtachini qamoq kutmoqda.

Kiritildi: 14:22 29.01.2025. O'qildi: 1304 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!