Majburiy ijro byurosi Piskent tuman bo‘limi ish yurituviga Fuqarolik ishlari bo‘yicha Oxangaron tumanlararo sudining ijro varaqasiga asosan, M.Anorqulovdan, undiruvchi SH.Anorqulova foydasiga voyaga yetmagan ikki nafar farzandi uchun 1/3 qism miqdorida aliment undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati kelib tushgan.
Yuqoridagilarga asosan, bo‘lim davlat ijrochisi tomonidan ijro ishi qo‘zg‘atilib, undiruvchining murojaati asosida aliment pullarini undirib berish choralari ko‘rildi.
Olib borilgan ijro harakatlari davomida, ikki tomon bilan suhbatlashib,tushuntirish ishlari olib borish natijasida qarzdor ota va alimentchi ona o‘zaro kelishib,oilasini tiklash niyati borligini bildirgach, ijro ishi to‘xtatilgan.