Bugun 27 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

Piskentda polizchilik shirkatiga tegishli yer maydonini o‘zlashtirgan firibgarlar aniqlandi

Piskentda polizchilik shirkatiga tegishli yer maydonini o‘zlashtirgan firibgarlar aniqlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Piskent tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “A.G.” polizchilik shirkati rahbari B.G., Davlat kadastrlar palatasi Piskent tumani filiali mutaxassisi M.YU. va boshqalar shirkatning “Namuna” MFY hududidagi 6,8 sotix yer maydonini 3 nafar fuqaroga jami 35 mln so‘m evaziga egalik huquqini beruvchi kadastr hujjatlarini tayyorlab berganliklari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik), 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) va 209-moddasi (mansab soxtakorligi) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Kiritildi: 07:52 06.12.2022. O'qildi: 1082 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!