Bugun 12 dekabr, 2025 yil, juma

КИР

Piskent tumanida daraxtlar ommaviy ravishda kesib tashlandi

Piskent tumanida daraxtlar ommaviy ravishda kesib tashlandi

Piskent tumani "Toshkent dengizi" yaqinida daraxtlar ommaviy kesilgani haqidagi murojaat yuzasidan Toshkent viloyati Ekologiya va iqlim o‘zgarishi bosh boshqarmasi boshlig‘i rahbarligida ishchi guruh o‘rganish olib bordi.

🔍 O‘rganish natijasida Lolariq MFYdagi “Yangi zamin bog‘dorchilik va uzumchilik shirkati” hududida joylashgan “SH.” fermer xo‘jaligiga tegishli maydon chetidagi 24 tup tol daraxti ruxsatsiz kesilgani aniqlandi.

📄 Fermer rahbaridan tushuntirish xati olindi va dalolatnoma rasmiylashtirildi.

Vazirlar Mahkamasining 464-son qaroriga muvofiq, tabiatga yetkazilgan zarar 218 mln so‘m etib hisoblandi.
📑 Jamlangan hujjatlar huquqiy baho berish uchun Toshkent viloyati prokuraturasiga yuborildi.

Kiritildi: 06:38 11.12.2025. O'qildi: 884 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!