Bugun 19 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Pirotexnika zavodida portlash sodir bo‘ldi

Pirotexnika zavodida portlash sodir bo‘ldi

Kecha, 19 oktyabr kuni Rossiyaning Leningrad viloyatida pirotexnika vositalari ishlab chiqaruvchi “Avangard” zavodida portlash sodir bo‘ldi. Natijada sex vayron bo‘lgan va uning parchalari yon atrofdagi temir yo‘llarga sochilib ketgan.
 
Guvohlar juda ko‘p tez tibbiy yordam mashinalarining voqea joyiga ketayotganini ko‘rgan.
 
Ijtimoiy tarmoqlarda voqea muhokamasi boshlanib ketgan. Voqea joyidan taxminan bir kilometr uzoqlikda bo‘lgan guvohlardan biri portlashni “aqlbovar qilmas, oyog‘imiz ostidagi yer qimirladi” deb ta’riflagan.
 
Guvohlardan boshqa biri o‘z fikrini qisqa va sodda qilib bayon qilgan. “G‘ishtdan qurilgan angar butunlay vayron bo‘ldi. U yerga 7 ta tez yordam mashinasi ketdi. Voqea joyida bo‘lgan odam omon qolmagan bo‘lsa kerak”, degan.
 
Ma’lumotlarga ko‘ra, voqeada to‘rt kishi halok bo‘lgan. Holat yuzasidan jinoiy ish ochilib, zavod bosh injeneri hibsga olingan.

Manba: qalampir. com

Kiritildi: 17:06 20.10.2018. O'qildi: 1404 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!