Bugun 28 noyabr, 2026 yil, shanba

КИР

«Pfizer» vaksinasini qancha haroratda saqlash mumkinligi ma’lum qilindi

A A A
«Pfizer» vaksinasini qancha haroratda saqlash mumkinligi ma’lum qilindi

Amerikaning «Pfizer» farmasevtika kompaniyasi koronavirusga qarshi vaksinasini Selsiy bo‘yicha -25°...-15° daraja haroratda ham saqlash mumkinligini ma’lum qildi.

Umuman olganda, barcha vaksinalarni saqlash uchun standart harorat: -46°...-36°C. Farmasevtika muzlatgich kameralarining ko‘pi bunday imkoniyatga ega.

«Bugun biz o‘z tadqiqotlarimizni AQSh oziq-ovqat va dori-darmonlar boshqarmasi bilan muhokama qildik. Yangi ma’lumotlar bizning Covid-19ga qarshi vaksinamizni -25°C dan -15°C gacha haroratda ham saqlash mumkinligini ko‘rsatmoqda. Bu farmasevtika muzlatgich kameralari va oddiy sovutgichlar uchun standart harorat», — deyiladi «Pfizer» xabarida (https://xabar.uz/koronavirus/pfizer-koronavirusga-qarshi-vakcina).

Ma’lumot uchun: kompaniya shu paytgacha «Pfizer» vaksinalarini -70°C dan yuqori bo‘lmagan o‘ta past haroratda saqlash kerakligini uqtirib kelgan.
 

Kiritildi: 14:10 20.02.2021. O'qildi: 1519 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik