Bugun 10 oktyabr, 2026 yil, shanba

КИР

Pezeshkiyon «MDH + Eron» formati tashkil etishni taklif qildi

Pezeshkiyon «MDH + Eron» formati tashkil etishni taklif qildi

Eron prezidenti Mas’ud Pezeshkiyon Turkmanistonning «Avaza» milliy sayyohlik zonasida o‘tayotgan MDH davlat rahbarlari sammitida «MDH + 1» formati doirasida Eron bilan hamkorlikni rivojlantirishni taklif qildi.

Pezeshkiyonning ta’kidlashicha, Eron o‘zini mintaqaning o‘zaro bog‘langan geografiyasi tabiiy qismi deb biladi. Bu bog‘liqlik nafaqat geografik, balki tarixiy, madaniy va xalqlar o‘rtasidagi aloqalarga ham tayanadi.

Yangi format MDH davlatlari va Eron o‘rtasida iqtisodiy, savdo, transport, energetika va boshqa yo‘nalishlardagi hamkorlikni yanada tizimli rivojlantirish mexanizmi bo‘lishi mumkin.

Eron rahbari sammit oldidan ham MDH davlatlari bilan energetika, savdo, madaniyat, siyosat va xavfsizlik sohalarida hamkorlik istiqbollarini muhokama qilish niyati borligini aytgan edi.

E’tiborlisi, Pezeshkiyon MDH davlat rahbarlari sammitida maxsus mehmon sifatida ishtirok etayotgan Eronning birinchi prezidenti bo‘ldi. Turkmaniston TIV ma’lumotiga ko‘ra, bu formatdagi yig‘ilishda Eron rahbari ilk bor qatnashmoqda.

Avvalroq Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov Eronning «MDH plyus» formatidagi ishtirokini muhim deb atab, bunday yaqinlashuv MDH davlatlari tomonidan ijobiy qabul qilinayotganini bildirgan edi.

Kiritildi: 21:43 09.10.2026. O'qildi: 579 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!