Rossiya va Eron o‘rtasida keng qamrovli strategik sheriklik to‘g‘risidagi bitim prezident Masud Pezeshkianning Moskvaga alohida tashrifi chog‘ida imzolanadi.
Bu haqda Eronning Rossiya Federasiyasidagi elchisi Kazem Jaloli Livanning “Al Mayadeen” telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi.
"Ushbu kelishuv Qozonda imzolanishiga tayyor edi (22-24 oktyabr kunlari bo‘lib o‘tgan BRIKS sammiti chog‘ida), biroq ikki davlat prezidentlari Ashxoboddagi uchrashuvda uni ikki tomonlama tashriflar chog‘ida tuzishga kelishib oldilar. Chunki Pezeshkian Moskvaga tashrif buyuradi", - dedi u.