Eron Islom Respublikasiga ishonchli xavfsizlik kafolatlari berilmaguncha, Qo‘shma Shtatlar va Isroilga qarshi javob harbiy harakatlarini davom ettiradi.
Bu haqda Eron prezidenti Masud Pezeshkian fransiyalik hamkasbi Emmanuel Makron bilan kechqurun telefon orqali suhbatlashganida ma’lum qilgan.
"Suhbatimiz davomida men Eron bu dahshatli urushni boshlamaganini, balki o‘zini bosqinchilikdan himoya qilish huquqiga ega ekanligini ta’kidladim", deb yozgan Pezeshkian suhbatdan so‘ng X ijtimoiy tarmoq platformasida.
U mintaqadagi Amerika bazalaridan Eronga hujumlar to‘xtatilishi kerakligini, chunki ular Tehronning qo‘shni davlatlar bilan munosabatlariga salbiy ta’sir ko‘rsatishini aytdi:
"Qo‘shma Shtatlar va Isroilning hujumlariga chek qo‘ymasdan, mintaqada tinchlik va barqarorlikka erishish mumkin emas. Eron taslim bo‘lmaydi. Biz xalqaro hamjamiyat bu hujumlarni qoralashini kutamiz. Yolg‘on ma’lumotlarga asoslangan urushni boshlash 21-asrga emas, balki o‘rta asrlarga xos harakatdir".