Bugun 9 may, 2025 yil, juma

КИР

Peskov Tog‘li Qorabog‘dagi vaziyat haqida bayonot berdi

Peskov Tog‘li Qorabog‘dagi vaziyat haqida bayonot berdi

Rossiya Prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskovning Tog‘li Qorabog‘dagi vaziyat haqidagi asosiy bayonotlari:

— Kreml mintaqadagi keskin eskalasiyadan xavotirda, hozir asosiysi Yerevan va Bokuni kuch ishlatish usullaridan voz kechishga ishontirish;

— Ozarbayjon Qurolli kuchlari mintaqadagi tinch aholi xavfsizligini ta’minlash choralarini ko‘rishi kerak;

Rossiya harbiylari hozirda Armaniston va Ozarbayjon tomonlari bilan eng yuqori darajada aloqada bo‘lib turibdi;

— Muammoni siyosiy va diplomatik yo‘l bilan hal qilish imkoniyati mavjud;

— Kreml Yerevan va Bokuni avval imzolangan uch tomonlama hujjatlarga amal qilishga chaqiradi;

— Tog‘li Qorabog‘dagi Rossiya tinchlikparvar kuchlarning xavfsizligi Kreml uchun ustuvor masala, biroq hozircha ularning hayotiga tahdidlar haqida hech qanday ma’lumot kelib tushmadi.

Kiritildi: 23:29 19.09.2023. O'qildi: 4808 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!