Rossiya hali Qo‘shma Shtatlardan muzlatilgan aktivlaridan 1 milliard dollarni G‘azo sektorini qayta tiklash uchun Tinchlik Kengashiga yo‘naltirish taklifiga javob olmagan.
Bu haqda Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov brifingda ma’lum qildi.
"Bu taklif haqiqatan ham Rossiya prezidenti tomonidan bildirilgan. Biz hali javob olmadik. Tinchlik Kengashining o‘zi, Rossiya prezidentining ko‘rsatmalariga muvofiq, tashqi ishlar vaziri tomonidan ittifoqchilar va hamkorlar bilan birgalikda hali ham ishlab chiqilmoqda", dedi u.
Shuni ta’kidlash joizki, Oq uy 19 fevral kuni G‘azo bo‘yicha Tinchlik Kengashi rahbarlarining birinchi uchrashuvini o‘tkazishni rejalashtirmoqda.