Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov Yaqin Sharqdagi vaziyat keskinligicha qolayotganini va uning rivojini oldindan aytish imkonsizligini bildirdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, 28 fevraldan boshlab AQSh va Isroil Eron hududidagi ob’ektlarga, jumladan Tehron shahriga zarbalar bergan. Bunga javoban Eron mintaqadagi AQSh harbiy ob’ektlari va Isroil hududiga hujum qilmoqda.
«Sog‘lom fikrlaydigan inson Yaqin Sharqdagi vaziyat qanday rivojlanishini bashorat qilishga jur’at etmaydi. Ammo bir narsa aniq — u yerda hech qanday yaxshi holat yuz bermayapti», — dedi Peskov «Vesti»ga bergan intervyusida.
Uning ta’kidlashicha, urush o‘z qamrovini kengaytirish tendensiyasiga ega. «Bu kampaniya boshida Tehronda rejimni o‘zgartirish haqida gap ketgan edi. Ammo hozir bir narsa ravshan — har bir shunday harakat Eron xalqining o‘z rahbariyati atrofida yanada jipslashishiga olib kelmoqda», — dedi u.
Peskov tashqi bosim Eronni zaiflashtirmayotganini, aksincha, jamiyatni birlashtirayotganini qayd etdi.