Bugun 8 iyun, 2026 yil, dushanba

КИР

Pepe «Real»ga qaytmoqda

Pepe «Real»ga qaytmoqda

Madridning «Real» klubi sobiq futbolchisi Pepe jamoaga qaytishga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Vaziyat Florentino Peresning «qaymoqranglilar» prezidenti lavozimida qolishi va Joze Mourinyuni bosh murabbiylikka tayinlashi sari ketmoqda.

Jurnalist Ramon Alvares de Monning xabar berishicha, madridliklar safida 2007 yildan 2017 yilgacha to‘p surgan mashhur sobiq himoyachi Pepe «The Special One»ning assistentlaridan (yordamchilaridan) biriga aylanadi.

Pepe futbolchilik faoliyatini bundan bor-yo‘g‘i ikki yil avval yakunlagan edi va uning so‘nggi klubi «Portu» bo‘lgandi. Shu yilning fevral oyida portugaliyalik sobiq himoyachi 43 yoshni qarshi oldi. Eslatib o‘tamiz, Joze Mourinyu avval ham 2010 yildan 2013 yilgacha «Real»ni boshqargan. Yaqin vaqt ichida u «Benfika»ni rasman tark etadi va Madridga qaytadi.

Kiritildi: Bugun 14:52. O'qildi: 281 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!