Bugun 25 mart, 2026 yil, chorshanba

КИР

Pentagon Yaqin Sharqqa qo‘shimcha 2000 nafar qo‘shin yubordi

Pentagon Yaqin Sharqqa qo‘shimcha 2000 nafar qo‘shin yubordi

New York Times va Reuters nashrlari o‘z manbalariga tayanib xabar berishicha, Pentagon AQSh armiyasining 82-havo-desant diviziyasidan taxminan 2 ming nafar askarni Yaqin Sharqqa jo‘natish buyrug‘ini bergan. Bu qaror prezident Donald Trampga Eron bilan bog‘liq urush doirasida qo‘shimcha harakat variantlarini taqdim etish maqsadida qabul qilingan.

Bu ma’lumotlar Trampning «AQSh hozirning o‘zida Tehron bilan urushni to‘xtatish bo‘yicha muzokaralar olib borayotgani» va Eron «kelishuvga juda qiziqayotgani» haqidagi bayonotlari ortidan paydo bo‘ldi. Tramp muzokaralar tafsilotlarini ochiqlamagan, biroq ommaviy axborot vositalari Vashington Tehronga 15 banddan iborat urushni to‘xtatish rejasini taqdim etganini yozmoqda.

Shu bilan birga, Oq uy matbuot kotibi Livittga ko‘ra, ikki mamlakat o‘rtasida diplomatik muloqot imkoniyatlari paydo bo‘lganiga qaramay, AQShning Eronga qarshi harbiy amaliyoti davom etmoqda.

«Prezident Tramp va uning muzokarachilari diplomatik aloqalar uchun yangi imkoniyatni o‘rganayotgan bo‘lsa-da, “Epik g‘azab” operasiyasi oliy bosh qo‘mondon va Pentagon belgilab bergan harbiy maqsadlarga erishish uchun davom etmoqda», — dedi u.

Avvalroq CNN telekanali AQSh Qurolli kuchlari Markaziy qo‘mondonligidagi manbalariga tayanib, Eronga qarshi amaliyot davomida qariyb 290 nafar amerikalik harbiy jabrlanganini, ulardan 255 nafari yana xizmatga qaytganini xabar qilgandi.

Eron Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi esa, urush davomida halok bo‘lgan va jarohatlangan amerikalik hamda isroillik harbiylar soni 680 nafardan oshganini ma’lum qildi.

Kiritildi: Bugun 17:42. O'qildi: 338 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!