AQSh Mudofaa vazirligi yangilangan shartnoma asosida Raytheon tomonidan sotib olingan Tomahawk qanotli raketalari sonini 350 donaga oshirdi.
Bu haqda Pentagon ma’lumotlariga asoslanib Report nashri xabar bermoqda.
Dastlabki reja faqat 131 ta raketani ishlab chiqarish edi. Yangilangan shartnoma 785,2 million dollarga baholangan. AQSh harbiy-dengiz kuchlari, armiyasi va dengiz piyodalari korpusiga, shuningdek, raketa ishlab chiqarish uchun 500 million dollar ajratayotgan ikki chet ellik mijozga yetkazib berish 2029 yil yanvarida yakunlanishi rejalashtirilgan.
Eslatib o‘tamiz, Raytheon kompaniyasi takomillashtirilgan navigasiya va aloqa tizimini o‘z ichiga olgan yangi Block V Block V qanotli raketasini ishlab chiqaradi. Bazaviy versiya singari, raketa ham 1600 km masofani bosib o‘tadi.