Bugun 24 noyabr, 2026 yil, seshanba

КИР

Pentagon Moskvaning ogohlantirishiga javob berdi

A A A
Pentagon Moskvaning ogohlantirishiga javob berdi

AQSh Rossiya bilan urishayotgani yo‘q va u bilan mojaroga kirishishni ham rejalashtirgani yo‘q, deb bayonot berdi Pentagonning matbuot kotibi Patrik Rayder Ukrainaga Patriot majmuasini berish masalasida Moskvaning ogohlantirishini izohlar ekan.

"AQSh Rossiya bilan urush holatida emas, biz janjal qidirayotganimiz yo‘q, biz barcha e’tiborni Ukrainaga mudofaa yordamini ko‘rsatishga qaratganmiz", – dedi Rayder matbuot anjumanida.

Uning ta’kidlashicha, Vashington "Ukrainaga qanday mudofaa yordamini ko‘rsatish masalasida Rossiya buyruq berishiga yo‘l qo‘ymaydi". Shuningdek, Rayder Ukrainaga Patriot tizimini berish masalasiga izoh bermasligini qo‘shimcha qilgan. “Hozircha bu haqda hech qanday ma’lumot yo‘q”, degan u.

Kiritildi: 16:13 16.12.2022. O'qildi: 4838 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik