AQSh Mudofaa vazirligi Amerikaning Lockheed Martin kompaniyasi bilan ATACMS taktik raketalarini ishlab chiqarish bo‘yicha shartnoma tuzdi.
Bu haqda Pentagon bayonotida aytiladi.
«Texas shtatining Grand-Preyri shahrida joylashgan Lockheed Martin kompaniyasi armiyaning taktik raketa tizimi (ATACMS ) boshqariladigan raketalarini xarid qilish uchun 226 850 900 dollar miqdoridagi gibrid shartnoma bilan taqdirlandi», — deyiladi matnda.
Qayd etilishicha, raketalar Polsha, Estoniya, Latviya, Litva va Marokashga yetkazib berish uchun ishlab chiqariladi.
Shartnoma bo‘yicha ishlar 2028 yil 30 dekabrgacha yakunlanishi kutilmoqda.