Pentagon 2027 yilgacha bir necha yuz ming dona dron-kamikadze zaxirasini yaratishni rejalashtirmoqda.
Bu haqda “RIA Novosti” o‘z ixtiyoridagi hujjatga tayanib xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, Pentagon uchuvchisiz uchish apparatlarini sinovdan o‘tkazish uchun 25 ta kompaniyani, jumladan Ukrainaning ikki kompaniyasini ham taklif qilgan.
Dastur tezkor joylashtiriladigan va nisbatan arzon uchuvchisiz uchish apparatlaridan iborat arsenal yaratishni nazarda tutadi.