Bugun 24 noyabr, 2026 yil, seshanba

КИР

Pelosining eri kaltaklandi

A A A
Pelosining eri kaltaklandi

Qo‘shma Shtatlar Vakillar palatasi spikeri Nensi Pelosining turmush o‘rtog‘i Pol chaqiruv bo‘yicha kelgan polisiya oldida bolg‘a bilan kaltaklangan.

Bu haqda San-Fransisko shahri huquq-tartibot idorasi xodimiga tayanib CNN xabar bermoqda.

Uning so‘zlariga ko‘ra, uy ostonasida polisiyachilar Pelosining eri va hujumchi bir bolg‘achani ushlab tortishayotganini ko‘rgan. Ofiserlar odamlarga uni tashlashni buyurganidan so‘ng, hujumchi u bilan Pol Pelosiga zarba bera boshladi.

Qayd etilishicha, polisiya hujumchini qo‘lga olgan va Pelosiga birinchi yordam ko‘rsatgan.

Kiritildi: 09:27 29.10.2022. O'qildi: 2456 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik