Bugun 20 iyul, 2025 yil, yakshanba

КИР

Pelosi Ozarbayjonning Armaniston suvereniteti va chegaralariga hujumni qoraladi

A A A
Pelosi Ozarbayjonning Armaniston suvereniteti va chegaralariga hujumni qoraladi

AQSh Kongressi Vakillar palatasi spikeri Nensi Pelosi yakshanba kuni Yerevanda Ozarbayjonning Armaniston suveren hududi va chegaralariga qilgan hujumlarini keskin qoralashini aytdi.

Pelosi Armaniston parlamenti spikeri Alen Simonyan bilan uchrashuvda aytgan bu bayonotidan mahalliy ommaviy axborot vositalari iqtibos keltirmoqda.

Spiker, shuningdek, Armanistonning suvereniteti va hududiy yaxlitligi AQSh uchun muhim ekanini ta’kidladi. Uning aniqlik kiritishicha, Ozarbayjonning Tog‘li Qorabog‘dagi tinch aholi va tarixiy obidalarga qarshi vandalizm harakatlari Qo‘shma Shtatlarning diqqat markazida bo‘lib turibdi.

“Biz Armaniston rahbariyati bilan nima qilishimiz mumkinligi haqida gaplashib olish uchun keldik”, dedi Vakillar palatasi spikeri.

Shanba kuni Armanistonga yetib kelgan Nensi Pelosi 19 sentyabrgacha bu yerda qolishi kutilmoqda.

Kiritildi: 07:39 19.09.2022. O'qildi: 2060 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!