Bugun 24 aprel, 2024 yil, chorshanba

КИР

Pekinga kiruvchilarning soni kuniga 500 kishidan oshmaydi

Pekinga kiruvchilarning soni kuniga 500 kishidan oshmaydi

Pekin ma’muriyati Xitoy poytaxtiga kiruvchilar sonini nazorat qilishga qaror qildi. Endilikda shaharga kuniga faqat 500 nafargacha odamning kirishiga ruxsat beriladi.

Pekin ma’muriyati bu qarorni koronavirus tarqalishi xavotiri sababli qabul qilgan. Pekinga xalqaro aviareyslarga qisman ruxsat berilgandan keyin shahar 46 ta reys va 6870 yo‘lovchini qabul qilgan. Yo‘lovchilardan 2 nafarida koronavirus aniqlangan.

Avvalroq Xitoyning Sindao shahrida Xitoy tashkil topganining 71 yilligi nishonlanishi munosabati bilan e’lon qilingan ta’tillardan keyin 12 kishida koronavirus aniqlangan. Shu sababli Sindao ma’muriyati 9,5 mlndan ko‘proq aholiga ega shahardagi barchani koronavirusga tekshirishga qaror qilgan. Pekinning kasalliklarni nazorat qilish va oldini olish markazi pekinliklarga yaqin orada Sindaoga zaruratsiz bormay turishni tavsiya qilgan.

Kiritildi: 07:33 13.10.2020. O'qildi: 1662 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!