Bugun 18 may, 2024 yil, shanba

КИР

Pekinda SHHT sammitiga tayyorgarlik muhokama qilindi

Pekinda SHHT sammitiga tayyorgarlik muhokama qilindi

2024 yilning 22-25 aprel kunlari Pekin shahrida Shanxay hamkorlik tashkiloti (SHHT) Kotibiyatida Qozog‘iston tomoni raisligida tashkilotga a’zo davlatlar milliy koordinatorlarining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda SHHT telegram-kanalida ma’lum qilindi.

«SHHTga a’zo davlatlar Tashqi ishlar vazirlari kengashi va Davlat rahbarlari kengashining bo‘lajak majlislariga tayyorgarlik ko‘rish va ularni mazmun jiahatidan to‘ldirish masalalari, shuningdek, siyosiy-diplomatik, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalardagi ko‘p tomonlama hamkorlikka oid hujjatlar loyihalari sohalar jiddiy ko‘rib chiqildi», - deyiladi xabarda.

SHHT doirasida amaliy hamkorlik darajasini oshirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Shu nuqtai nazardan, Tashkilot va uning doimiy tuzilmalarini modernizasiya qilish, SHHTning muloqot bo‘yicha hamkorlari va xalqaro birlashmalari bilan hamkorlikni kuchaytirish masalalari yuzasidan fikr almashildi.

4 iyul kuni Astana shahrida Shanxay hamkorlik tashkiloti sammiti bo‘lib o‘tadi.

Kiritildi: 21:29 25.04.2024. O'qildi: 742 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!