"Payariq-Toshkent", "Toshkent - Payariq" yo‘nalishida barcha qulayliklarga ega bo‘lgan zamonaviy avtobus qatnovi o‘z faoliyatini boshladi.
Toshkent avto shoh bekatidan yo‘lga chiqqan avtobus Payariq markaziga yetib bordi. Shu munosabat bilan tadbir bo‘lib o‘tdi.
Unda Payariq tuman hokimining o‘rinbosari Komiljon Hamidov, "Nuroniylar" jamoatchilik kengashi tuman bo‘limi raisi Saydullo Boyzoqov mazkur jamoat transporti payariqliklarning uzog‘ini yaqin qilishi bilan birga, yo‘lovchilarga yanada qulaylik yaratishini ta’kidladi.
Endilikda har kuni "Payariq-Toshkent" yo‘nalishida soat 07:20 da, "Toshkent - Payariq" yo‘nalishida esa soat 09:30 da zamonaviy avtobus qatnovi o‘z faoliyatini davom ettiradi.