«Paxtakor» klubi O‘zbekiston milliy jamoasi forvardi Igor Sergeevni rasman tanishtirdi.
31 yoshli hujumchi «Paxtakor» safida 11-raqam ostida harakat qiladigan bo‘ldi.
So‘nggi ikki mavsumni Tailandning «Patxum Yunayted» klubida o‘tkazgan 31 yoshli forvard jarohati sababli 2024 yilda klubi safida deyarli maydonga tushmadi va tiklanish jarayoni bilan mashg‘ul bo‘ldi. U O‘zbekiston milliy jamoasi safida yanvar oyida Qatardagi Osiyo kubogida Avstraliya bilan bahsda jarohat olgandi.
Ma’lumot uchun, Igor Sergeev Toshkent klubi safida jami 180 o‘yin o‘tkazib, 102ta golga mualliflik qilgan.