“Farzandim hech narsaga muhtoj bo‘lmasligi kerak...”
Oila yosh bo‘lishiga qaramasdan, farzandining ertangi kuni va munosib ta’minotini o‘ylagan ota aliment mablag‘larini oldindan to‘lab berdi.
Majburiy ijro byurosi Samarqand viloyat boshqarmasi Paxtachi tuman bo‘limi tomonidan aliment undirish bilan bog‘liq ijro hujjati yuzasidan tegishli ijro harakatlari amalga oshirildi.
Fuqarolik ishlari bo‘yicha Kattaqo‘rg‘on tumanlararo sudining 2024 yil 17 iyundagi ijro varaqasiga asosan qarzdor U.N.dan undiruvchi M.U. foydasiga bir nafar farzandining moddiy ta’minoti uchun aliment undirish belgilangan.
Olib borilgan ijro harakatlari davomida qarzdor farzandi kelajagini o‘ylab, “Farzandim hech narsaga muhtoj bo‘lmasligi kerak”, deya 120 million so‘m aliment mablag‘ini oldindan to‘liq to‘lab berdi.
Byuro organlari tomonidan aliment to‘lovlarini o‘z vaqtida undirish, bolalarning qonuniy manfaatlarini himoya qilish hamda sud hujjatlari ijrosini ta’minlash borasida tizimli ishlar davom ettirilmoqda.