“Parrandachilik sohasini ko‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ–274-son, 23.07.2026 y.) qabul qilindi.
🔰 Qarorga ko‘ra, parrandachilik xo‘jaliklari, parranda omuxta yemi ishlab chiqaruvchi tadbirkorlar hamda “tayyor biznes” loyihalarini moliyalashtirish uchun Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasidan “Mikrokreditbank” ATBga yo‘naltirilgan mablag‘lar hisobidan kreditlar 2026 yil 1 sentyabrdan boshlab 10 foiz stavkada ajratiladi.
✅ Bunda ushbu shartlar faqatgina yangi rasmiylashtiriladigan kredit shartnomalariga nisbatan tatbiq etiladi.
💸 2026 yil 1 avgustdan yuqoridagi resurslar hisobidan parrandachilik mahsulotlarini ishlab chiqarish yangi quvvatlarini (loyihalarni) ishga tushirishga hamda Prezidentning 2024 yil 27 iyundagi PQ–238-son qaroriga muvofiq “tayyor biznes” loyihalariga “Mikrokreditbank” ATB orqali yillik 10 foiz stavkada 4 yillik imtiyozli davr bilan 10 yilgacha muddatga kreditlar ajratiladi.